Apsidal
Loyihalash · Ishlab chiqish · Joriy etish

Sanoat va biznes uchun muhandislik yechimlari

Apsidal elektron qurilmalar, sanoat avtomatlashtirish tizimlari va korxona dasturiy ta’minotini loyihalaydi, ishlab chiqadi va joriy etadi. Texnik topshiriqdan ishga tushirish va texnik xizmatgacha — barcha ishlar bitta pudratchida.

  • Loyihalashdan ishga tushirishgacha
  • Qurilma va dastur bitta jamoada
  • Integratsiya va texnik xizmat
Xizmatlar

Faoliyat yo‘nalishlari

Elektronika, avtomatika va dasturiy ta’minot bitta loyiha doirasida, yagona texnik topshiriq asosida bajariladi.

Elektron qurilmalarni ishlab chiqish

Buyurtmachi vazifasiga mos elektron qurilmalar: prinsipial sxema, bosma plata, mikrodastur, prototip va sinov.

  • Sxemotexnika va bosma platalar
  • Mikrokontrollerlar uchun dasturlar
  • Prototip tayyorlash va sinash

Sanoat avtomatikasi

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarish liniyalarini avtomatlashtirish: boshqaruv shkaflari, kontrollerlar va dispetcherlik tizimlari.

  • Kontrollerlarni dasturlash (PLC)
  • Dispetcherlik tizimlari (SCADA)
  • Uskunalarni yagona tizimga ulash

Masofaviy monitoring (IoT)

Uskunalar, binolar va muhandislik tarmoqlari ko‘rsatkichlarini masofadan kuzatish va boshqarish tizimlari.

  • O‘lchash va ma’lumot uzatish qurilmalari
  • Ma’lumotlarni yig‘ish va saqlash
  • Monitoring paneli va ogohlantirishlar

Korxona boshqaruv tizimlari (ERP)

Ishlab chiqarish, ombor, savdo va moliya hisobini yagona tizimda yuritish uchun platformalar.

  • Korxona jarayonlariga moslashtirish
  • Ombor va ishlab chiqarish hisobi
  • Hisobotlar va tahlil

Dasturiy ta’minot

Korxona vazifalari uchun veb va mobil ilovalar, server qismi va tashqi tizimlar bilan ma’lumot almashinuvi.

  • Veb-ilovalar
  • Mobil ilovalar
  • Server qismi va API

Integratsiya va texnik xizmat

Yangi va mavjud tizimlarni o‘zaro bog‘lash, obyektda ishga tushirish va keyingi texnik xizmat.

  • Tizimlarni integratsiya qilish
  • Ishga tushirish va xodimlarni o‘qitish
  • Texnik xizmat ko‘rsatish
Yechimlar

Avtomatlashtirishning besh darajasi

Korxonani avtomatlashtirish besh darajada amalga oshiriladi — o‘lchash qurilmalaridan boshqaruv hisobigacha. Har bir darajada ishlaymiz va ularni yagona tizimga birlashtiramiz. Darajani tanlang.

IoT

O‘lchash va ijro qurilmalari

Harorat, bosim, sarf, energiya iste’moli va boshqa ko‘rsatkichlarni o‘lchaydigan hamda ma’lumot uzatadigan qurilmalar.

Ishlar tarkibi

  • O‘lchash va ijro qurilmalarini tanlash
  • Maxsus elektron qurilmalarni ishlab chiqish
  • Simli va simsiz ma’lumot uzatish
Jarayon

Loyiha bosqichlari

Har bir bosqichning natijasi oldindan belgilanadi, shuning uchun loyiha holati doim ma’lum.

  1. 01

    Texnik topshiriq

    Obyekt, mavjud uskunalar va jarayonlarni o‘rganamiz, talablarni texnik topshiriqda qayd etamiz.

  2. 02

    Loyihalash

    Tizim tuzilmasi, elektr va prinsipial sxemalar, dasturiy ta’minot arxitekturasini ishlab chiqamiz.

  3. 03

    Ishlab chiqish

    Qurilmalar, mikrodastur va dasturiy ta’minotni yaratamiz, stendda va prototipda sinaymiz.

  4. 04

    Ishga tushirish

    Obyektda o‘rnatamiz, mavjud tizimlarga ulaymiz, sozlaymiz va xodimlarni o‘qitamiz.

  5. 05

    Texnik xizmat

    Ishga tushirilgandan keyin tizim ishini kuzatamiz, uni yangilaymiz va kengaytiramiz.

Loyihangizni muhokama qilaylik

Vazifani qisqacha yozib yuboring — texnik yechim va ish tartibi bo‘yicha taklif tayyorlaymiz.

Loyihani muhokama qilish
Sohalar

Qo‘llanish sohalari

Yechimlarimiz quyidagi sohalarning vazifalari uchun mo‘ljallangan.

Ishlab chiqarish

Liniyalarni avtomatlashtirish, uskunalar holatini nazorat qilish

Energetika va kommunal xo‘jalik

Hisoblagichlar, nasos stansiyalari va podstansiyalarni masofadan nazorat qilish

Qishloq xo‘jaligi

Sug‘orish, issiqxona mikroiqlimi va fermalar uchun o‘lchash tizimlari

Logistika va omborlar

Zaxiralar hisobi, saqlash haroratini nazorat qilish, yuklarni kuzatish

Bino va inshootlar

Yoritish, iqlim, xavfsizlik va energiya sarfini boshqarish

Savdo va xizmatlar

Ombor, savdo nuqtalari va hisobni yagona tizimga birlashtirish

Tamoyillar

Ish tamoyillarimiz

Topshirilgan tizim ishonchli ishlashi, tushunarli bo‘lishi va kengaytirilishi mumkin bo‘lishi kerak.

Qurilma va dastur bitta jamoada

Elektronika, mikrodastur va dasturiy ta’minot bitta jamoada ishlab chiqiladi, shu sababli tizim qismlari o‘zaro mos keladi.

Yagona javobgarlik

Loyihalashdan texnik xizmatgacha bo‘lgan barcha bosqichlar uchun bitta pudratchi javob beradi.

Kengaytiriladigan tizim

Tizim bitta qurilma yoki bitta liniyadan boshlanib, bosqichma-bosqich butun korxonaga kengaytirilishi mumkin.

O‘zbekistondagi jamoa

Muloqot, ishga tushirish va texnik xizmat joyida, o‘z mutaxassislarimiz tomonidan bajariladi.

Biz haqimizda

Apsidal nomining ma’nosi

Apsida — orbitaning markaziy jismga eng yaqin va eng uzoq nuqtasi. Nom ishimiz qamrovini bildiradi: alohida qurilmadan butun korxona tizimigacha.

Apsidal — zamonaviy IT yechimlar, elektron qurilmalar va avtomatlashtirish tizimlarini ishlab chiqishga ixtisoslashgan texnologik kompaniya. Dasturiy ta’minot va elektron qurilmalarni loyihalashdan tortib, ularni integratsiya qilish va texnik qo‘llab-quvvatlashgacha bo‘lgan kompleks yechimlarni taqdim etamiz.

Qurilmaeng yaqin nuqta
Korxonaeng uzoq nuqta
Aloqa

Biz bilan bog‘laning

Vazifani yozib yuboring yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘ng‘iroq qiling.

Xabar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompaniyaga yuboriladi.

Emailinfo@apsidal.uz Telefon+998 77 669 88 88
ManzilQashqadaryo viloyati, Qarshi shahri
Ish vaqtiDushanba–Juma, 09:00–18:00